Toshkentda Osiyo vitse-chempionlari tantanali kutib olindi

Hindistonning Bangalor shahri mezbonlik qilayotgan suv sporti turlari boʻyicha turli yosh toifalaridagi Osiyo chempionati oʻz poyoniga yetib qoldi. Quvonarlisi, musobaqada yurtimiz sportchilari ham munosib ishtirok etishmoqda.

Hozirda sinxron suzuvchilarimiz qitʼa birinchiligi medallari uchun kurashishda davom etayotgan boʻlsa, bugun kechqurun suv polosi boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar va qizlar terma jamoalari yurtimizga qaytib kelishdi.

Eʼtiborli jihati, aynan qizlar termasi Osiyo chempionatida kumush medalga sazovor boʻldi va natijada ular kelgusi yil Isroil davlatida boʻlib oʻtadigan jahon chempionatida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi.

Suv polosi boʻyicha qizlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida sariq qitʼaning 6ta terma jamoasi ishtirok etdi. Oʻyinlar davraviy tizimda oʻtkazilib, barcha uchrashuvlarda gʻalabaga erishgan Yaponiya terma jamoasi 10 ochko bilan qitʼa chempioniga aylandi. Qozogʻiston va Oʻzbekiston qizlar terma jamoalari esa bir xil – uchtadan oʻyinda zafar quchishdi. Faqat, oʻzaro oʻyindagi anchayin ishonchli – 16:11 hisobidagi gʻalaba yakunda qizlarimizga kumush medalni taqdim etdi.

Darvoqe, qitʼa chempionatida dastlabki ikki oʻrinni egallagan jamoalar navbatdagi jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlishardi. Shu maʼnoda yon qoʻshnimiz Qozogʻistonga qarshi oʻyin vakillarimiz uchun hayot-mamot jangi vazifasini oʻtab berdi.

Bugun sportchilarimizni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston suzish federatsiyasi, sportchilarning oila aʼzolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari tantanali kutib olishdi.

- Musobaqaga jiddiy hozirlik koʻrganimiz bois koʻzlangan maqsadga erishdik, - dedi biz bilan suhbatda suv polosi boʻyicha mamlakat qizlar terma jamoasi bosh murabbiyi Akbar Sodiqov. – Endigi vazifamiz kelgusi yil Isroilda oʻtadigan jahon chempionatida ham munosib ishtirok etish. Vengriyada oʻtkazilgan soʻnggi jahon chempionatida qizlarimiz 12-oʻrinni qoʻlga kiritishgan edi. Bu safar oʻz koʻrsatkichlarimizni yaxshilashga intilamiz. Buning uchun bizga hukumatimiz, xususan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilmoqda.

 

Taʼkidlash kerak, suv polosi boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatlarida ishtirok etish vakillarimiz uchun yangilik emas, ular bir necha bor dunyo birinchiligida qatnashishgan. Umid qilamiz, yillar davomida orttirilgan tajribalar qoʻl kelib, bu safar qizlarimiz JCHdan yorugʻ yuz bilan qaytishadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
09.08.2020 | 12:12
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169