Bir guruh jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari mukofotlandi

Matbuotda “1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni eʼlon qilindi.

Farmonga koʻra, mamlakatimizda taʼlim tizimini rivojlantirish, sohaga doir islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, yoshlarga ilm-fan asoslari va zamonaviy kasb-hunarlarni oʻrgatish yoʻlidagi koʻp yillik samarali mehnati, ularni ona Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, jismoniy va maʼnaviy jihatdan barkamol avlodni shakllantirish borasidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun faxriy unvonlar berilishi belgilab qoʻyilgan.

Quvonarlisi, yuksak davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan yurtdoshlarimiz qatorida bir guruh jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislarimiz ham bor.

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi”:

Abunasova Roziya Toʻrayevna – Peshku tumanidagi bolalar va oʻsmirlar sport maktabining badiiy gimnastika boʻyicha murabbiyi, Buxoro viloyati;

Xolodova Natalya Yuryevna – Surxondaryo viloyati ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabining yengil atletika boʻyicha murabbiyi;

II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan:

Ilov Aslan Nurovich – Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professori;

Ochilov Shuxrat Saidovich – Buxoro tumanidagi bolalar va oʻsmirlar sport maktabi direktori, Buxoro viloyati;

“Doʻstlik” ordeni bilan:

Ashurov Qahramonjon Xayidboyevich – Soʻx tumanidagi 15-umumiy oʻrta taʼlim maktabining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi, Fargʻona viloyati;

Vlasova Liliya Vildanovna – Gimnastika boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabining badiiy gimnastika boʻyicha murabbiyi;

Chashemov Mansurbek Xalbayevich – Qoraqalpogʻiston Respublikasi ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabining ogʻir atletika boʻyicha murabbiyi;

“Shuhrat” medali bilan:

Rasulov Baxram Narimanovich – Andijon ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining sambo kurashi boʻyicha murabbiyi, Andijon viloyati.

Biz barcha mukofotlanganlarni Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi nomidan samimiy muborakbod etgan holda masʼuliyatli, shu bilan birga sharafli kasbida hamisha omad va zafarlar yor boʻlishini tilab qolamiz.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.09.2020 | 12:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169