Musobaqa ustozlar kuniga bagʻishlandi

Qoʻshkoʻpir tumanida “1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Ustozim-faxrim” shiori ostida badiiy gimnastika boʻyicha BOʻSM ochiq birinchiligi oʻtkazildi.

Musobaqada Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro viloyatlari hamda Xorazm viloyatining Urganch, Xiva va Qoʻshkoʻpir tumanlari sportchilaridan iborat 8 ta jamoadan 100 nafarga yaqin qiz gʻoliblik uchun bahs olib borishdi.

Yakuniy hisob-kitoblarga koʻra, Xorazm viloyati badiiy gimnastikachilari umumjamoa hisobida 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Samarqand viloyati sportchi qizlari 2-oʻrin, Qashqadaryo viloyati nafosat vakilalari esa 3-oʻringa sazovor boʻldi.

Musobaqaning ochilish marosimida ishtirok etgan Qoʻshkoʻpir tumani jismoniy tarbiya va sport boʻlimi boshligʻi T.Sattarova yosh sportchilarni ulugʻ ayyomga bagʻishlangan birinchilikda qatnashayotganligi bilan qutlab, ularga kelgusi faoliyatida omadlar tiladi.

Yakunda gʻolib va sovrindorlar diplom, medal hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
25.05.2020 | 18:57
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169