Ot sporti boʻyicha Oʻzbekiston kubogi oʻtkaziladi

Joriy yilning 26-27-sentyabr kunlari ot sportining ot yoʻrttirish yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston kubogi musobaqasi boʻlib oʻtadi.

Musobaqa Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining joriy yil 13-sentyabrdagi 1643-sonli buyrugʻiga muvofiq tashkil etiladi.

Musobaqa Toshkent viloyati Qibray tumanidagi “ARGAMAK SHER” ot sporti klubida boʻlib oʻtadi. Unda respublikamizning barcha viloyat va shaharlaridan eng mohir chavandozlar ishtirok etadi.

Oʻzbekiston kubogi yakunida gʻolib va sovrindorlar medal, diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
09.08.2020 | 12:12
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169