Urganchda chempionni munosib kutib olishdi

Janubiy Koreya davlatida boʻlib oʻtgan Butunjahon jang sanʼatlari festivalida ishtirok etgan hamyurtimiz Ziyoda Atajanova 2 ta oltin medalni qoʻlga kiritgan edi.

Oʻzbek jang sanʼati boʻyicha Hindiston, Kambodja hamda bolgariyalik sportchilarni yenggan Ziyoda finalda filippinlik sportchi bilan bellashdi. Hal qiluvchi jangda ham gʻalaba qozonib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, festival davomida yana bir musobaqada ishtirok etib Hindiston, Kambodja hamda filippinlik sportchilar bilan bellashdi. Ziyoda Atajonova Hindiston milliy sporti boʻlgan ushbu musobaqada ham Oʻzbekiston hisobiga yana bir oltin medalni yozib qoʻydi.

Maʼlumot oʻrnida, Ziyoda Atajanova Xonqa tuman bolalar-oʻsmirlar sport maktabi oʻquvchisi sanaladi. Oʻzbek jang sanʼati bilan shugʻullanib kelmoqda.

Ulkan yutuqlar bilan qaytgan sportchimizni Urganch vokzalida oila a'zolari, BOʻSM maʼmuriyati hamda umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʼquvchilari tantana bilan kutib olishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
21.01.2020 | 21:33
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169