TAYINLOV: vazir oʻrinbosari tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan Murotov Nodir Xoʻjamqulovich Jismoniy tarbiya va sport vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Taʼkidlash kerak, mazkur lavozim shu kungacha vakant edi.

Nodir Murotov oliy maʼlumotli boʻlib, Guliston davlat universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Iqtisodchi, xalqaro iqtisodiy munosabatlar magistri mutaxassisligiga ega. 

N.Murotov Respublika taʼlim markazi hamda Xalq taʼlimi vazirligida turli lavozimlarda ishlagan.

2019-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat xaridlarini tartibga solish va Monitoring boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, Davlat xaridlarini boshqarish metodologiyasi boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat koʻrsatib kelayotgan edi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamoasi Nodir Xoʻjamqulovich Murotovni yangi lavozimga tayinlangan bilan muborakbod etgan holda kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat yor boʻlishini tilaydi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
12.11.2019 | 21:44
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169