Shaxmatchilarimiz gʻalaba bilan qaytishmoqda

Joriy yilning 4-11-sentyabr kunlari Hindistonning Dehli shahrida 6-20 yoshlilar oʻrtasida Gʻarbiy Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi.

Musobaqa qatnashchilari standart, rapid va blis boʻyicha bellashdilar.

Chempionatda oltin medalni qoʻlga kiritganlar Xalqaro grossmeystr unvoniga ega boʻlishdi. Oʻzbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, yurtimiz sharafini 11 nafar shaxmatchi himoya qildi. Ular orasida FIDE toifasidagi sport ustalari Abdumalik Abdusalimov va Muhammadali Abdruhmonov hamda ayollar oʻrtasida xalqaro toifadagi sport ustasi Bahora Abdusattorova ham bor.

Hamyurtlarimiz chempionatda munosib ishtirok etib 10 davlat ichida 3 ta oltin, 1 ta kumush, 4 ta bronza jami 8ta medalni qoʻlga kiritdi va umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egalladi.

Abdumalik Abdusalimov 20 yoshlilar oʻrtasida(standart), Muhammadali Abdurahmonov 18 yoshlilar oʻrtasida(rapid), Davron Sharipov esa 14 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasida(blis) chempionlik maqomiga erishishdi.

14 yoshlilar oʻrtasida Maftuna Bobomurodova kumush medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, 8 yoshlilar oʻrtasida Muhammadiso Ubaydullayev (blis) hamda 20 yoshlilar oʻrtasida Abdumalik Abdisalimov(blis), Bahora Abdusattarova standart hamda blis yoʻnalishlarida bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
22.09.2019 | 14:36
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169