Velosportchimiz Murodjon Xolmurodov Osiyo kubogida gʻalaba qozondi

Xabar berganimizdek, Hindistonda velosportning trek yoʻnalishi boʻyicha kattalar va oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo kubogi boʻlib oʻtmoqda.

Sportchilarimiz uchun gʻalaba bilan boshlangan mazkur musobaqa shu ruhda davom etmoqda. Kattalar oʻrtasida kechgan bahslarda Point Race yoʻnalishi boʻyicha oʻtkazilgan poygada terma jamoamizning yetakchi va tajribali sportchisi Murodjon Xolmurodov oltin medalga sazovor boʻldi. Yana bir iqtidorli sportchimiz Daniil Yevdokimovga esa bronza medalini qoʻlga kiritishi uchun atigi bir ochko yetmadi va 4-oʻrin bilan kifoyalandi.

Hozirda Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobida 4 ta oltin hamda 2 ta kumush medal mavjud. Bugun musobaqaning yakuniy kunida ham sportchilarimizdan eng yaxshi natijalarni kutib qolamiz.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
22.09.2019 | 14:36
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169