“Sport targʻibotini oʻzimizdan boshladik, siz ham safimizga qoʻshiling” shiori ostida vazirligimizda ertalabki badantarbiya mashgʻulotlari oʻtkazildi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-yanvardagi 65-sonli “Oʻzbekistonda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish va aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb qilish” toʻgʻrisidagi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida bugun erta tongdan Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xodimlari ishtirokida ertalabki badantarbiya mashgʻulotlarining navbatdagisi oʻtkazildi. Ushbu badantarbiya mashgʻulotlari vazirlik xodimlari ishtirokida muntazam ravishda oʻtkazilib kelinadi.

Jismoniy mashqlar tizimining eng ahamiyatli turlaridan biri ertalabki badantarbiya mashqlar hisoblanadi. Ertalabki badantarbiya mashqlari odam tanasi uchun katta ahamiyatga ega boʻlib, uyqu taʼsirida sustlashgan organizmni faol harakat qilishga oʻtish imkonini yaratadi.

Ertalabki jismoniy mashqlarning foydaliligi koʻplab omillar asosida tasdigʻini topgan. Eng muhimi - bu ishlash, oʻqish va foydali mashgʻulotlar bilan shugʻullanish qobiliyatini kuchaytiradi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
07.12.2019 | 15:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169