Poytaxtimizda “Sogʻlom turmush tarzi mening nigohimda” shiori ostida ommaviy sport-sogʻlomlashtirish tadbiri boʻlib oʻtdi

Mamlakatimiz aholisi orasida sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy tarbiya va sportni faol targʻib qilish yoʻlida qator samarali dasturlar shakllantirilgan boʻlib, ular yordamida aholining keng qatlamini ommaviy sportga jalb etishga muvaffaq boʻlinmoqda.

Bu borada Toshkent shahrida ham aholining turli qatlamlari orasida sportni keng targʻib etish, jamiyatda sogʻlom turmush tarzi tamoyillarini yanada kuchaytirish, ayniqsa, yosh avlodni turli zararli odatlardan asrash hamda har bir mahalla, taʼlim muassasasi va mehnat jamoalarida jismoniy tarbiya va sport faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha ibratli ishlar amalga oshirilayotir.

Jumladan, madaniyat va istirohat bogʻlari, sport maydonchalarida “Poytaxt ligasi”, “Sport yulduzlari poytaxt yoshlari bilan!”, “Sport sen bilan!”, “Sport birlashtiradi”, “Sogʻlom turmush tarzi mening nigohimda”, “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari!” kabi ommaviy sport tadbirlari muntazam ravishda oʻtkazilib kelinmoqda.

Natijada bugungi kunga kelib, Toshkent shahridagi har bir madaniyat va istirohat bogʻlari hamda bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida doimiy ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanuvchi 26 ta havaskor sport klublari tashkil etildi. Mazkur sport klublariga 3 000 ga yaqin turli yoshdagi fuqarolar, shu jumladan yoshlar jalb qilindi.

Bugun Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan ana shunday havaskor sport klublarining aʼzolarini qoʻllab-quvvatlash hamda ular orqali jismoniy tarbiya va sportga boʻlgan qiziquvchilar sonini yanada oshirish maqsadida “Sogʻlom turmush tarzi mening nigohimda” shiori ostida ommaviy sport-sogʻlomlashtirish tadbiri tashkil etildi.

Shuningdek, Toshkent shahridagi barcha sport-taʼlim muassasalarining xodimlari va ularning oila aʼzolari “Sport targʻibotini oʻz oilamizdan boshladik, siz ham safimizga qoʻshiling!”, “Sportda avvalo oʻzing boʻl faol, shunda oʻzgalarga boʻlasan misol!” shiorlari bilan mazkur tadbirda faol ishtirok etishdi.

Poytaxtimizdagi “Botanika bogʻi”da tashkil etilgan tadbir orqali Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi har bir korxona va tashkilot xodimlari orasida sogʻlom turmush tarzi targʻibotiga qaratilgan shunday tadbirlarni doimiy ravishda oʻtkazib borishini tavsiya etadi. Zero, bu kabi saʼy-harakatlardan koʻzlangan maqsad – yurtboshimiz taʼkidlaganlaridek “jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirib, uni umummilliy harakatga aylantirish”.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
22.09.2019 | 14:36
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169