Bokschilarimiz jahon chempionatiga tayyor

Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida tashkil etilgan oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini yakunladi. Ushbu yigʻin doirasida charm qoʻlqop ustalarimiz jismoniy va taktik mashgʻulotlardan tashqari sparring janglarida ham ishtirok etishdi.

Oʻzbekiston boks federatsiyasi rahbariyati sportchilarimizning jahon chempionati bahslarida munosib ishtirok etishini taʼminlash maqsadida tayyorgarlikning soʻnggi bosqichini aynan musobaqalar oʻtkaziladigan Yekaterinburg shahrida tashkil etdi. Bu gʻoya shubhasiz terma jamoamizning moslashuv jarayoni uchun ijobiy taʼsir qiladi.

Xabaringiz bor, 8-sentyabr kuni Yekaterinburgda boks boʻyicha jahon chempionati start oladi. Ushbu nufuzli musobaqada yurtdoshlarimiz sovrinli oʻrinlar uchun eng asosiy daʼvogarlardan biri hisoblanadi.

Qayd etish lozimki, hozirda Marat Qurbonov boshchiligidagi terma jamoa murabbiylar shtabidan tashqari bokschilarimizning shaxsiy murabbiylari ham Yekaterinburgda boʻlib turishibdi.

Boks boʻyicha jahon chempionatida terma jamoamiz quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

-52 kg: Shahobiddin Zoirov

-57 kg: Miraziz Mirzaxalilov

-63 kg: Elnur Abduraimov

-69 kg: Bobousmon Baturov

-75 kg: Fanat Qahramonov

-81 kg: Dilshodbek Roʻzmetov

-91 kg: Sanjar Tursunov

+91 kg: Bahodir Jalolov

Eslatib oʻtamiz, 2017-yilda Germaniyaning Gamburg shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Shahram Gʻiyosov 69 kg vaznda oltin medalni qoʻlga kiritgan edi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
07.12.2019 | 15:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169