Joriy yilning 13-15-sentyabr kunlari Yaponiyaning Chiba shahrida Jahon Gran-prisi boʻlib oʻtadi. Tarixda ilk bor kunchiqar yurt taekvondo boʻyicha Gran-priga mezbonlik qiladi.
Ushbu Gran-pri 2020-yil Olimpiada oʻyinlari taekvondo musobaqalari oʻtkaziladigan shaharda oʻtkazilishi bilan ham ahamiyatlidir. Gran-pri orqali sportchilar Olimpiada reytingi uchun qimmatli boʻlgan ochkolarni qoʻlga kiritish uchun ham harakat qilishadi.
Chibadagi Jahon Gran-prisida Oʻzbekistondan toʻrt nafar taekvondochi gʻoliblik uchun bahslarga kirishadi bular quyidagilar:
Nikita Rafalovich (-80 kg)
Nigora Tursunqulova (-67 kg)
Svetlana Osipova (+67 kg)
Ulugʻbek Rashitov (-58 kg)
Butunjahon taekvondo Federatsiyasi prezidenti Chungvon Choy Gran-pri oldidan tashrif buyuruvchi mamlakat vakillari uchun qulayliklar yaratilganligini aytdi hamda qoʻshimcha sifatida shunday dedi
-2020-yilgi Olimpiada oʻyinlariga juda oz vaqt qoldi. Shu boisdan ham tarixda ilk bor Yaponiyada tashkil etiladigan Jahon Gran-prisi ajoyib oʻtishiga shubha yoʻq. Bundan tashqari sportchilar, murabbiylar va rasmiy shaxslar keyingi yil yozgi Olimpiada oʻyinlarining taekvondo musobaqalari boʻladigan shahar bilan yaqindan tanishish imkoniyati boʻladi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI
Sport sohasida yangiliklardan xabardor bo‘lishni xohlaysizmi?
Elektron pochtangizni kiriting va bizning yangiliklarimiz hamda foydali maslahatlarimizga to'g'ridan to'g'ri saytimiz orqali obuna bo'ling:
07.12.2019 | 15:26