Rishod Sobirov: “Oldimizga katta vazifalar yuklandi, ulkan maqsadlar belgilandi”

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikni kuchaytirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida biz sportchilar zimmasiga juda katta vazifalar yuklandi, ulkan maqsadlar belgilab berildi.

Eng avvalo yurtboshimiz 2020-yilda Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtadigan yozgi olimpiada oʻyinlariga munosib tayyorgarlik koʻrish masalalariga toʻxtalib oʻtdilar. Mazkur nufuzli musobaqaga juda kam vaqt qoldi. Shu bois hozirda olimpiada oʻyinlarida ishtirok etish uchun yetarli reyting ballarini yiqqan sportchilarimiz ustida jiddiy ishlashimiz kerak. Ularning tajribasini oshirish uchun chet davlatlaridan tajribali mutaxassislarni jalb etgan holda mashgʻulotlar oʻtishimiz kerak.

2019-yildan boshlab 2023-yilgacha Prezidentimiz ommaviy sportni rivojlantirish toʻgʻrisida yangi qaror tasdiqladilar. Yoshlarga koʻproq eʼtibor berish kerak. Qachonki yosh sportchilarni qoʻllab-quvvatlasak va toʻgʻri tarbiyalasak, shundagina olimpiadada yanada yaxshi natijalarga erishamiz.

Haqiqiy mutaxassis mutarabbiylarimiz hozirgi vaqtda kamchilikni tashkil etadi. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga kelayotgan oʻz yoʻnalishidagi dzyudomi, boksmi yoki boshqa sport turidan kelgan murabbiylarni toʻrt yil davomida oʻsha federatsiyalarga bogʻlab qoʻyish kerak. Chunki ular kurashmagan, ammo nazariy bilimlarga ega. Ularni amaliyotga bogʻlab qoʻysakkina ularda amaliy koʻnikmalar paydo boʻladi. Shunda oʻz viloyatlariga borib yosh bolalar bilan ishlashga qiynalishmaydi. Ularda koʻnikma paydo boʻladi. Yaponiyada yoki Koreyada 3-4 yoshdan sportga kelib tarbiyalanib 17-18 yoshdan qoʻrqmasdan oltin medalga kurashadigan bola boʻlib yetishadi.

Olimpiadaga tayyorgarlik toʻrt yil davomida olib boriladigan jarayon. Toʻrt yil davomida federatsiyalarimiz sportchilarni birinchi tarkib, ikkinchi tarkib, 3, 4 va hattoki beshinchi tarkib sportchilarini ham tayyorlab boramiz. Chunki olimpiadaga bir-ikki yil vaqt qolganda sportchi jarohat olishi yoki sport koʻrsatkichlari pasayib ketishi mumkin. Shuni inobatga olgan holda terma jamoalarimizda sportchilar sonini koʻpaytirish kerak. Videoselektor yigʻilishida ham Prezidentimiz taʼkidlaganidek, viloyatlarga, qishloqlarga borib sharoiti yetmaydigan, lekin oʻzi iqtidorli boʻlgan sportchilarni terma jamoalarga jalb etish lozim.

Oʻzim dzyudochi boʻlganim bois koʻproq ushbu sport turiga toʻxtalsak, masalan 60 kg vazn toifasida Sharofiddin Lutfullayev, Diyorbek Oʻrozboyev kabi sportchilarimiz ustida yanada koʻproq ishlashimiz kerak. Negaki olimpiadaga juda oz vaqt qoldi. Shuning uchun reyting ballari toʻplagan va Tokioga borish uchun real imkoniyatga ega sportchilarimizga eʼtibor berish zarur.

Shuningdek videoselektorda Prezidentimiz sport farmakologiyasi masalasiga ham alohida eʼtibor qaratganlari ayni muddao boʻldi. Sportchilarning organizmi zoʻriqish tufayli toliqib qolmasligi kerak. Oʻzim sportchi boʻlganman va buni juda yaxshi bilaman, tushunaman. Bu boradagi muammolar qanchalik tez oʻz yechimini topsa, oʻzbek sporti uchun shunchalik foydali boʻladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.10.2019 | 16:23
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169