“Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon” shiori ostida oʻtkazilayotgan musobaqalar davom etmoqda

Mustaqilligimizning 28 yilligiga bagʻishlab “Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon” shiori ostida oʻtkazilayotgan musobaqalar respublikamiz boʻylab davom etmoqda.

2019-yil 1-2-sentabr kunlari Qashqadaryo viloyati Koson tumanida sportning qoʻl jangi hamda boks turi boʻyicha oʻtkazilgan sport musobaqalari shular jumlasidan.

Tumandagi bolalar oʻsmirlar sport maktabida 2002-2011-yillarda tugʻilgan yoshlar oʻrtasida qoʻl jangi boʻyicha boʻlib oʻtgan musobaqada 100 nafarga yaqin yoshlar

-20, -24, -26, -29, -32, -36, -39, -42, -45, -55, -65 kg vazn toifalarida gʻoliblik uchun oʻzaro kuch sinashdilar. Musobaqa qizgʻin bahslarga boy boʻldi.

Koson tumanida joylashgan 7-sonli maktabda oʻtkazilgan boks musobaqasida esa 70 nafarga yaqin bolalar oʻsmirlar sport maktabi shugʻullanuvchilari -30, -34, -38, -42, -45, -50, -60 kg vazn toifalarida gʻoliblik uchun ringga koʻtarildi.

Musobaqada gʻolib boʻlgan ishtirokchilar bilan tanishing:

30 kg vazn toifasida

1-oʻrin Ozodjon Jovliyev;

2-oʻrin Nodirbek Qambarov;

3-oʻrin Akbar Olimov,

34 kg vazn toifasida

1-oʻrin Xasan Kamolov;

2-oʻrin Alibek Azizov;

3-oʻrin Salim Nashpanov,

38 kg vazn toifasida

1-oʻrin Otabek Donayev;

2-oʻrin Siroj Pardayev;

3-oʻrin Chori Aliyev,

42 kg vazn toifasida

1-oʻrin Ibrohim Jumayev;

2-oʻrin Ismat Barakayev;

3-oʻrin Shaxob Gʻaniyev,

60kg vazn toifasida

1-oʻrin Eldor Eshpoʻlatov;

2-oʻrin Jahongir Qoʻziyev;

3-oʻrin Maqsud Tursunov

Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindorlar tuman jismoniy tarbiya va sport boʻlimi hamda bolalar-oʻsmirlar sport maktabi tomonidan diplom, medal hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
21.01.2020 | 21:33
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169