Bir guruh sport fidoyilari davlat mukofotlari bilan taqdirlanishdi

Bugun matbuotda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, adabiyot, madaniyat va sanʼat sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni eʼlon qilindi.

Unga koʻra vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, xalqimiz madaniyati va maʼnaviyatini yuksaltirish, milliy gʻoyani rivojlantirishga qoʻshgan munosib hissasi, yorqin isteʼdodi va serqirra ijodi, ilmiy-innovatsion faoliyati, samarali xizmatlari, yosh avlodni ona yurtga muhabbat va sadoqat ruhida sogʻlom va barkamol etib tarbiyalash hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun bir guruh sport fidoyilari ham faxriy unvonlar bilan taqdirlanishdi.

Sport sohasida mukofotlarga sazovor boʻlganlar roʻyxati:

 

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi”

Ziyoyev Ural Abulqosimovich – Oqdaryo tumani bolalar va oʻsmirlar sport maktabi yunon-rum kurashi boʻyicha katta murabbiyi, Samarqand viloyati

Mirzayev Abdirashid – Chiroqchi tumanidagi “Abdirashid polvon Mirzayev” kurash klubi treneri, Qashqadaryo viloyati

 

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi”

Radzivil Svetlana Mixaylovna – Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

 

“Doʻstlik” ordeni bilan

Vasilyeva Irina Anatolyevna – Sport yakkakurashlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi qilichbozlik boʻlimi murabbiyi

Kabinov Istam Ashurovich – Kogon shahridagi bolalar va oʻsmirlar sport maktabi boks sport turi treneri, Buxoro viloyati

Xudoyarov Solijon Azimovich – Fargʻona viloyati sport yakkakurashiga ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi taekvondo boʻlimi oʻqituvchisi

Shubin Vyacheslav Yegorovich – suv sporti turlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabining baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻlimi treneri, Toshkent shahri

 

“Shuhrat” medali bilan

Bazarbayev Polat Joldasbayevich – Nukus shahridagi 2-bolalar va oʻsmirlar sport maktabining karate sport turi boʻyicha oʻqituvchisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2019-yil 28-avgust

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.09.2020 | 12:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169