Nihoyat kanoechi qizlarimiz jahon chempionati shohsupasida

Xabar berganimizdek, Vengriyaning Seged shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha jahon chempionati davom etmoqda.

Musobaqaning soʻnggi kuni terma jamoamiz aʼzolari uchun muvaffaqiyatli kechmoqda. Bugun Tokio-2020 yozgi olimpiadasiga yoʻllanma olib, yurtdoshlarimizni quvontirgan Nilufar Zokirova hamda Dilnoza Rahmatova juftligi biroz avval 500 metrga oʻtkazilgan poygalarda marra chizigʻini uchinchi boʻlib kesib oʻtishdi va jahon chempionatining bronza medaliga sazovor boʻlishdi.

Ushbu yoʻnalishda oltin medalni Xitoy, kumush medalni esa Vengriya terma jamoasi aʼzolari qoʻlga kiritishdi.

Kanoeda eshkak eshish. JCH-2019. Seged (Vengriya)

Ayollar juftlik poygalari, 200 metr:

1. Lin/Jang (Xitoy) – 44.69

2. Takash/Balla (Vengriya) – 45.16

3. Rahmatova/Zokirova (Oʻzbekiston) – 46.60

Saytning oxirgi yangilanishi:
29.03.2020 | 12:48
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169