Indoneziyaliklarda kurashga qiziqish ortmoqda

Oʻtgan haftada Indoneziya kurash federatsiyasi vakili Arnold Silalaxi xizmat safari bilan mamlakatimizda boʻldi.

Kurashning xalqaro maydondagi jadal taraqqiyoti sabab soʻnggi yillarda dunyo xalqlari orasida milliy sportimizga qiziqish ortib bormoqda. Ayniqsa, kurash Osiyo oʻyinlari dasturiga kiritilgach qitʼamiz davlatlaridagi sportchi, murabbiy va mutaxassislarning tez-tez yurtimizga kelishi kuzatilyapti. Ular ushbu sport turiga ixtisoslashgan majmualarda boʻlishib, oʻz mahoratlarini oshirmoqda, kurash qoidalarini oʻrganishmoqda.

- Indoneziyada oʻtgan Osiyo oʻyinlaridan keyin mamlakatimiz yoshlari orasida kurashga boʻlgan qiziqish hamda shugʻullanuvchilar soni ancha koʻpaydi. Bundan tashqari, oldimizda turgan bir qator xalqaro turnirlar va chempionatlarda Indoneziya terma jamoasi munosib ishtirok etishini taʼminlash ham asosiy vazifamiz. Shu yil sentyabr-noyabr oylarida Indoneziya terma jamoasi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini Toshkentda oʻtkazishi rejalashtirilgan. Maqsadimiz – kurashni yanada mukammal oʻzlashtirish. Qolaversa, 5-7-oktyabr kunlari Termiz shahrida oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro turnirda munosib ishtirok etish hamda dekabr oyida kurash boʻyicha boʻladigan Janubiy Osiyo chempionatida yuksak natijalarga erishishni maqsad qilganmiz. Asosiy eʼtiborimiz – kelgusi Osiyo oʻyinlari va jahon chempionati bahslariga qaratilgan. Biz ham Oʻzbek kurashchilari kabi koʻproq medallarni qoʻlga kiritishni maqsad qilganmiz. Safar davomida Toshkentdagi mehmonxona va sport majmualari bilan yaqindan tanishdim hamda oʻzimizga har tomonlama qulay sharoitlarni tanlashga harakat qildim. Bu borada Oʻzbekiston kurash federatsiyasi bizga yaqindan yordam berayotganligini taʼkidlash lozim, – deydi Indoneziya kurash federatsiyasi bosh murabbiyi Arnold Silalaxi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
12.11.2019 | 21:44
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169