Qarshi shahrida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi Ismat Shukurov xotirasiga bagʻishlangan shaxmat boʻyicha “QARSHI OPEN-2019” xalqaro turniri boshlangani haqida xabar bergan edik. 11-avgust kuni mazkur turnir oʻz nihoyasiga yetdi. Xalqaro turnirda Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Ukraina, Ispaniya va Oʻzbekistonning barcha hududlaridan jami 260 nafarga yaqin shaxmat ustalari ishtirok etishdi.
Mazkur chempionat gʻolib va sovrindorlari xalqaro grossmeyster, xalqaro toifadagi sport ustasi va FIDE sport ustasi singari xalqaro unvonlarni olish imkoniyatiga ega boʻldilar.
“QARSHI OPEN-2019” xalqaro turniri standart (klassik shaxmat) yoʻnalishida 9 turdan, “A” va “B” guruhlarida, shveysarcha tizimda FIDE qoidalari boʻyicha oʻtkazildi.
Gʻolib boʻlgan shaxmatchilar bilan tanishing:
“A” guruhi:
Erkaklar
1 oʻrin – Abdimalik Abdisalimov (8.500.000 soʻm)
2 oʻrin – Ortiq Nigʻmatov (7.600.000 soʻm)
3 oʻrin – Ibragim Karimov (6.700.000 soʻm)
Ayollar
1 oʻrin – Sarvinoz Qurbonboyeva (1.000.000 soʻm)
2 oʻrin – Sitora Saparova (500.000 soʻm)
18 yoshgacha
1 oʻrin – Saidakbar Saydaliyev (1.000.000 soʻm)
2 oʻrin – Daler Vahidov (500.000 soʻm)
3 oʻrin – Mehriddin Yuldoshev (200.000 soʻm)
Fahriylar
1 oʻrin – Vul Arkadi Yeremeyevich (400.000 soʻm)
“B” guruhi
Erkaklar:
1 oʻrin – Ibodullayev Joʻrabek (1.400.000 soʻm)
2 oʻrin – Uchqun Umirov (1.200.000 soʻm)
3 oʻrin – Jahongir Marimboyev (900.000 soʻm)
Ayollar
1 oʻrin – Nomozova Hilola (350.000 soʻm)
2 oʻrin – Bobomurodova Maftuna (150.000 soʻm)
16 yoshgacha
1 oʻrin – Bahrilloyev Bahrom (350.000 soʻm)
2 oʻrin – Jurayev Akobir (250.000 soʻm)
10 yoshgacha
1 oʻrin – Ravshanov Sherali (200.000 soʻm)
8 yoshgacha
1 oʻrin – Islamov Shahzod (100.000 soʻm)
Fahriylar
1 oʻrin – Arabov Nurqul (250.000 soʻm)
2 oʻrin – Muratov Barno (150.000 soʻm)

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI
Sport sohasida yangiliklardan xabardor bo‘lishni xohlaysizmi?
Elektron pochtangizni kiriting va bizning yangiliklarimiz hamda foydali maslahatlarimizga to'g'ridan to'g'ri saytimiz orqali obuna bo'ling:
12.12.2019 | 17:06