“Charm toʻp-2019”. Respublikamiz boʻylab tuman va shahar bosqichida gʻolib boʻlgan mahallalar aniqlandi

Joriy yilning iyul-avgust oylarida respublikamiz mahallalaridagi 18-30 yoshli yigitlar oʻrtasida futbol boʻyicha “Charm toʻp” anʼanaviy turniri oʻtkazilmoqda.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning ikkinchisi yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etishga yoʻnaltirilgan boʻlib, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hamkorligida oʻtkazilayotgan ushbu musobaqa ham yoshlar oʻrtasida futbolni keng ommalashtirish maqsadida tashkil etildi.

Anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan mazkur turnirni joriy yil respublikamizning barcha hududlarida yuqori saviyada, bayramona ruhda tashkil etish rejalashtirilgan. Shu orqali nafaqat yurtimizda, balki butun dunyoda eng ommaviy sport turi hisoblangan millionlar oʻyiniga yoshlarni keng jalb etish koʻzlanmoqda.

26-31-iyul kunlari 600 ga yaqin futbol maydonlarida oʻtkazilgan turnirning birinchi bosqichi -mahallalararo oʻyinlarda 10000 taga yaqin jamoa tarkibida 150 000 nafardan ortiq charm toʻp ixlosmandlari tuman bosqichi yoʻllanmasi uchun kurashishdi.

2-avgust kuni boshlanib, 10-avgustda nihoyasiga yetgan tuman (shahar) bosqichida saralangan 4073 ta mahalla jamoalari keyingi bosqichga chiqish uchun bahs olib borishdi. Ushbu bosqichda birinchi oʻrinni egallagan jamoalar 10-20-avgust kunlari oʻtkazilayotgan viloyat bosqichlarida ishtirok etishmoqda.

Futbol boʻyicha “Charm toʻp” anʼanaviy turnirining yakuniy respublika bosqichi 22-30-avgust kunlari poytaxtimizda boʻlib oʻtadi. Final oʻyini Toshkent shahridagi yirik stadionlardan birida tantanali tarzda tashkil etiladi.

Quyida respublikamizning turli hududlarida oʻtkazilgan tuman va shahar bosqichi oʻyinlaridan fotolavhalar bilan tanishishingiz mumkin:

Bekobod tuman bosqichi

Buloqboshi tuman bosqichi

Qo‘qon shahar bosqichi

Xonqa tuman bosqichi

Shahrisabz tuman bosqichi

Marg‘ilon shahar bosqichi

Shayhontohur tuman bosqichi

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
17.08.2019 | 15:55
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169