Olmaliqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun oʻtkazilayotgan belbogʻli kurash boʻyicha jahon chempionatining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 8-11-avgust kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun belbogʻli kurash boʻyicha 2002-2004-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar va qizlar oʻrtasida jahon chempionati oʻtkazilmoqda.

Bugun, 9-avgust kuni Olmaliq shahridagi “Olmaliq KMK” AJ sport majmuasida ushbu nufuzli musobaqaning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Xalqaro belbogʻli kurash federatsiyasi prezidenti Gintausas Vileyta, jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov, Toshkent viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari Odilxon Rustamov, sportchi va murabbiylar, ommaviy axborot vositalari xodimlari va boshqalar ishtirok etishdi.

Ochilish marosimida soʻzga chiqqan Xalqaro belbogʻli kurash federatsiyasi prezidenti Gintausas Vileyta musobaqaga yuqori saviyada tayyorgarlik koʻrilganligini taʼkidlar ekan, belbogʻi kurash sportiga qaratilgan eʼtibor uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Toshkent viloyati hokimligi, mamlakat belbogʻli kurash federatsiyasiga minnadorchilik bildirdi.

Jahon chempionatini ochib bergan jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev turnir ishtirokchilarini qutlar ekan, shunday dedi: — “Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish xususan milliy sportimiz boʻlgan belbogʻli kurashni rivojlanishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Natijada mazkur sport turi bilan shugʻullanuvchilar soni hozirgi kunga kelib mamlakatimizda yuz ming nafarga yaqinlashdi. Ushbu musobaqa ham dunyo boʻylab belbogʻli kurashni keng ommalashtirish maqsadida tashkil etildi. Barcha ishtirokchilarga omad yor boʻlishini tilab qolaman”.

Musobaqani tomosha qilish uchun yurtimizning turli hududlaridan belbogʻli kurash ixlosmandlari tashrif buyurishgan.

 

Tadbir davomida xonandalar tomonidan kuy-qoʻshiqlar kuylandi. O‘zbek milliy raqslari bilan birgalikda mehmon mamlakatlarning milliy raqslari ijro etilishi yig‘ilganlarga yanada ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu chempionatda oʻgʻil bolalar oʻnta vazn toifasida (42, 45, 50, 55, 60, 65, 71, 77, 85, 95 kg.gacha va 95 kg.dan yuqori) kuch sinashsa, qizlar yettita (44, 48, 52, 57, 63, 70 kg.gacha hamda 70 kg.dan yuqori) vaznda gʻoliblik uchun bahs olib borishadi.

Musobaqada oʻz vazn toifalarida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan polvonlar 1500 AQSH dollori, 2-oʻrin sohiblari 1000 AQSH dollari hamda 3-oʻringa sazovor boʻlgan polvonlar 500 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotlari bilan ham taqdirlanadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
12.11.2019 | 21:44
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169