Poytaxtimizda taekvondo boʻyicha kadetlar oʻrtasidagi jahon chempionati boshlandi

7-10-avgust kunlari Toshkent shahrida taekvondochi kadetlar oʻrtasidagi jahon chempionati boʻlib oʻtishi haqida xabar bergan edik.

Poytaxtimizda sayyoramizning 67ta mamlakatidan kelgan 850 nafardan ortiq sportchi hamda murabbiy jam boʻlgan.

Kecha Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti Chungvon Choy boshchiligidagi delegatsiya yurtimizga yetib keldi. Mehmonlar musobaqani “Universal“ sport majmuasidan kuzatib boradi.

Musobaqaning birinchi kunida quyidagi 5 nafar taekvondochimiz dayanga chiqadi:

Abdulaziz Ahramov (-65 kg)

Mahsud Maratov (+65 kg)

Shabona Abduvaliyeva (-29 kg)

Aynur Umirzakova (-33 kg)

Mubina Maʼmurjonova (-51 kg)

Musobaqaning tantanali ochilish marosimi bugun, 7-avgust kuni soat 17.00 da “Universal” sport saroyida boʻlib oʻtadi. Shuningdek, ushbu nufuzli tadbir doirasida yurtimiz aholisi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, yoshlar oʻrtasida taekvondoni ommalashtirish, mamlakatimiz sport salohiyatini namoyish etish maqsadida 8-avgust kuni soat 19:00da poytaxtimizdagi “Xalqlar doʻstligi” maydonida taekvondo boʻyicha fleshmob (Ochiq mashgʻulotlar festivali) oʻtkazish rejalashtirilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston terma jamoasi Jahon birinchiligida toʻliq tarkibda, 20 nafar sportchi bilan ishtirok etadi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
09.08.2020 | 12:12
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169