Poytaxtimiz yana bir jahon chempionatiga mezbonlik qiladi


Joriy yilning 7-10-avgust kunlari Toshkent shahrida o'smirlar oʻrtasida taekvondo boʻyicha Jahon chempionati boʻlib oʻtadi.

Dunyoning 67 ta mamlakatidan 850 nafardan ortiq sportchi va murabbiy tashrif buyurishi kutilayotgan jahon birinchiligida yurtimiz sharafini turli vazn toifalarida 20 nafar sportchi himoya qiladi.

Musobaqaning ochilish marosimi 7-avgust kuni soat 17.00 da “Universal” sport saroyida boʻlib oʻtadi.

Ushbu nufuzli tadbir doirasida yurtimiz aholisi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, yoshlar oʻrtasida taekvondoni ommalashtirish, mamlakatimiz sport salohiyatini namoyish etish maqsadida 8-avgust kuni poytaxtimizdagi “Xalqlar doʻstligi” maydonida taekvondo boʻyicha fleshmob (Ochiq mashgʻulotlar festivali) oʻtkazish rejalashtirilmoqda. Nufuzli musobaqalarda gʻolib boʻlgan sportchilarimiz hamda yosh umidli taekvondochilarimiz tomonidan namoyish etiladigan koʻrgazmali chiqishlarni jahon chempionatiga tashrif buyuradigan Xalqaro va Osiyo taekvondo federatsiyalarining rahbarlari hamda xorijlik mehmonlar ham kuzatib borishi rejalashtirilgan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
12.08.2020 | 10:31
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169