Universiada-2019. Oʻzbekiston beshinchi medalini qoʻlga kiritdi

Italiyaning Neapol shahrida Butunjahon talabalari oʻrtasida oʻtkazilayotgan Universiada-2019 oʻyinlari davom etmoqda. Universiadaning toʻqqizinchi kunida sportchilarimiz ketma-ket gʻalabalarni qoʻlga kiritishdi. Taekvondochilarimiz ham universiadaning navbatdagi kunini gʻalaba bilan yakunlashdi.

Bugun taekvondo boʻyicha oʻtkazilgan bahslarda -63 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz Niyoz Poʻlatov universiadaning kumush medalini qoʻlga kiritdi.

Dastlabki janglarda Xorvatiya, Italiya va Turkiya vakillarini magʻlubiyatga uchrata olgan sportchimiz yarim finalda xitoylik Vu Yichaodan ustun keldi.

Hal qiluvchi bahsda eronlik Soroush Ahmedga qarshi dayanga chiqqan yurtdoshimizga biroz omad yetishmadi. Final jangining asosiy vaqtida 10:10 hisobi qayd etilgan boʻlsa, qoʻshib berilgan vaqtda 2:0 hisobida eronlik taekvondochi ustunlik qildi.

Shunday qilib, Oʻzbekiston delegatsiyasiga yozgi Universiadagi beshinchi medalni taekvondochimiz Niyoz Poʻlatov taqdim etdi.

Eslatib oʻtamiz, bundan avvalgi toʻrtta bronza medalini dzyudochilarimiz qoʻlga kiritishgan edi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
09.08.2020 | 12:12
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169