Universiada-2019. Bugun sportchilarimiz tennis, badiiy gimnastika va taekvondo boʻyicha bahslarda ishtirok etishadi

Italiyaning Neapol shahrida Butunjahon Universiada oʻyinlari davom etmoqda.

Bugun Universiadaning oʻninchi kunida 3 ta sport turi boʻyicha 5 nafar talaba sportchimiz taekvondo WTF, tennis va badiiy gimnastika sport turlari boʻyicha bahslarda ishtirok etishadi.

Bugungi kun musobaqalarida ishtirok etayotgan sportchilarimiz bilan tanishing:

Taekvondo WTF:

Niyoz Pulatov -63 kg (saralash)

Charos Qayumova -53kg (saralash)

Badiiy gimnastika:

Dildora Rahmatova (bulava va tasmada mashq bajarish)

Tennis:

Kecha erkaklar oʻrtasidagi juftlik bahslarining yarim final oʻyinida Humoyun Sultonov va Sanjar Fayziyevlar xitoylik raqiblarini magʻlubiyatga uchratib, universiadaning finaliga yoʻl olishgani haqida xabar bergan edik. Bugun mana shu juftlikdagi yigitlarimiz final oʻyinida koreyalik Seochan Hong va Sanhui Shin juftligiga qarshi kortga tushadilar.

Yakkalik bahslarida esa Humoyun Sultonov yarim finalda fransiyalik Lukas Paulainga qarshi final yoʻllanmasi uchun kurash olib boradi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
22.09.2019 | 14:36
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169