Universiada-2019. Bugungi bahslarda ishtirok etayotgan sportchilarimiz roʻyxati bilan tanishing

Italiyaning Neapol shahrida Butunjahon Universiada oʻyinlari davom etmoqda.

Bugun Universiadaning toʻqqizinchi kunida 4 ta sport turi boʻyicha 6 nafar talaba sportchimiz yengil atletika, tennis, taekvondo WTF va badiiy gimnastika sport turlari boʻyicha bahslarda ishtirok etishadi.

Bugungi kun musobaqalarida ishtirok etayotgan sportchilarimiz bilan tanishing:

Badiiy gimnastika:

Dildora Rahmatova

Yengil atletika:

Vladislav Palyunin– nayza uloqtirish (final)

Yigitlarimiz Sanjar Fayziyev va Humoyun Sultonov juftligi final yoʻllanmasi uchun xitoylik Hao Vu va Shuai Xuga qarshi bahs olib borishadi. Yakkalik bahslarida esa Sanjar Fayziyev rossiyalik Ivan Gaxovga qarshi chorak final oʻyinini oʻtkazadi hamda oʻtish bahslarida ishtirok etayotgan Laylo Bahodirova argentinalik Rokio Daniyela Merloga qarshi kortga tushadi.

Shuningdek, bugungi bahslarda ikki nafar taekvondochimiz ishtirok etmoqda. Birinchi davrada germaniyalik Richter Jasminni magʻlubiyatga uchratgan Zariya Qosimova (- 62 kg) navbatdagi jangda turkiyalik Irem Yamanga qarshi bahs olib boradi. Birozdan soʻng bugungi bahslarda -74 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan yurtdoshimiz Shahboz Shofayziyev dastlabki raqibi qozogʻistonlik Less Abdusamatga qarshi dayanga tushadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
22.09.2019 | 14:36
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169