Universiada-2019. Humoyun Sultonov yarim finalga yoʻl oldi

Italiyaning Neapol shahrida yozgi Universiada oʻyinlari davom etmoqda.

Kecha tennischilarimiz Humoyun Sultonov va Sanjar Fayziyev erkaklar oʻrtasidagi yakkalik bahslari 4-davra oʻyinlarida gʻalaba qozonib chorak final yoʻllanmasini qoʻlga kiritishgan edi.

Yakkalik bahslarida Humoyun Sultonov kiprlik Menelaos Efstatiuga qarshi kortga tushdi va 7/5, 6/2 hisobi bilan chorak finalga yoʻl olgandi.

Sanjar Fayziyev ham koreyalik Seongchan Hongga qarshi kortga chiqib birinchi setda 6/7 hisobida koreyalik tennischining qoʻli baland kelgan boʻlsa, ikkinchi setda Sanjar 7/6 hisobida gʻalaba qozondi. Oʻyinning uchinchi setida 4/1 hisobi bilan tennischimiz gʻalabani oʻz hisobiga rasmiylashtirib qoʻydi.

Bugun Humoyun Sultonov yakkalik oʻyinida amerikalik Djeyms Kiikanga qarshi kortga tushib 6/1, 6/2 hisobi bilan raqibidan ustun keldi va yarim finalga yoʻl oldi.

Shuningdek juftlik bahsida Humoyun Sultonov va Sanjar Fayziyev Xitoy Taypeyi vakillariga qarshi bahs olib boradi.

Kamola Umarova va Sanjar Fayziyev miks bahsida Xitoy Taypeyi valillari Ya-Hsuan Leye va Tung-Lin Vularga qarshi kortga chiqadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
07.12.2019 | 15:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169