Universiada-2019. Bugun ikki nafar taekvondochimiz bahslarda ishtirok etmoqda

Italiyaning Napoli shahrida yozgi Universiada oʻyinlari davom etmoqda.

Bugun Taekvondo WTF sport turi boʻyicha erkaklar oʻrtasida -58 kg vazn toifasida Suxrob Bobobekov Saudiya Arabistoni vakili Yusri Ismoil bilan dayanga chiqadi. Ayollar oʻrtasida -67 kg vazn toifasida bahslarga kirishgan Nigora Tursunqulova marokashlik Vafse El Atrini saralash bahsida 3/0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Kecha oʻtkazilgan bahlarda -68 kg vazn toifasida ishtirok etgan Shaxboz Toʻsmatov uchinchi bosqichda gruziyalik Shukukidze Merabga 14/13 hisobi bilan sportchi toʻsigʻidan oʻta olmadi.

Yana bir sportchimiz Shuxrat Salayev -80 kg vazn toifasida uchinchi davrada koreyalik Kang Minvooga 14/9 natijasi bilan imkoniyatni boy berib qoʻydi.

Qizlar bahsida ishtirok etgan Taekvondochi qizimiz Dinora Mamadibragimova -57 kgda portugaliyalik Sunha Joanaga magʻlub boʻlib musobaqani erta yakunlashga majbur boʻldi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.07.2019 | 18:54
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169