Universiada-2019. Tennischi yigitlarimiz yakkalik bahslarida chorak final yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi

Italiyaning Neapol shahrida yozgi Universiada oʻyinlari davom etmoqda.

Tennischilarimiz Humoyun Sultonov va Sanjar Fayziyev erkaklar oʻrtasidagi yakkalik bahslari 4-davra oʻyinlarida gʻalaba qozonib chorak final yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi.

Toʻrtinchi davra oʻyinida Humoyun Sultonov kiprlik Menelaos Efstatiuga qarshi kortga tushdi.

Oʻyin boshida ortda borayotgan Humoyun keyinchalik oʻzini qoʻlga olib, musobaqa natijasini oʻz foydasiga hal qildi. Uchrashuvda 7/5 va 6/2 hisobida gʻalaba qozongan tennischimiz chorak finalga yoʻl oldi.

Sanjar Fayziyev toʻrtinchi davra oʻyinini koreyalik Seongchan Hongga qarshi oʻtkazdi. Uch yarim soat davom etgan bahsning birinchi setda 6/7 hisobida koreyalik tennischining qoʻli baland kelgan boʻlsa, ikkinchi setda Sanjar 7/6 hisobida gʻalaba qozondi. Murosasiz bahslarga boy boʻlgan oʻyinning uchinchi setida 4/1 hisobida sportchimiz ustun kelayotgan bir paytda koreyalik sportchi magʻlubiyatini tan oldi.

Tennischilarimiz endilikda yarim final yoʻllanmasi uchun bahsga kirishadi.

Kunning ikkinchi yarmida Laylo Qodirova va Humoyun Sultonov juftligi miks bahslarida ishtirok etadi.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.07.2019 | 18:54
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169