Oʻzbekistonlik nayza uloqtiruvchi qiz Butunjahon talabalar universiadasida finalga chiqdi

Italiyaning Neapol shahrida yozgi Universiada oʻyinlari davom etmoqda.

8-iyul kuni San-Paulo stadionida yengil atletika boʻyicha musobaqalarga start berildi. 23 ta davlat sportchilari qatnashgan nayza uloqtirish boʻyicha saralash bahslarida ishtirok etgan vakilamiz Sanobar Erkinova 52.87 metr natija koʻrsatib musobaqaning final bosqichiga yoʻl oldi.

Nayza uloqtirish boʻyicha final bahslari 10-iyul kuni oʻtkaziladi.

Maʼlumot uchun, Qoʻqon davlat pedagogika instituti talabasi boʻlgan Sanobar joriy yilning aprel oyida Qatarda oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 54.75 metr natija koʻrsatib beshinchi oʻrinni band etgan edi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.07.2019 | 18:54
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169