Universiada-2019. Tennischilarimiz chorak final yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi

Italiyaning Neapol shahrida yozgi Universiada oʻyinlari davom etmoqda.

Bugun tennis boʻyicha yakkalik bahslarida ishtirok etgan Sanjar Fayziyev tailandlik raqibini magʻlub etib toʻrtinchi davraga yoʻl olgani haqida xabar bergan edik.

Shundan soʻng vakillarimiz Sanjar Fayziyev va Humoyun Sultonov tandemi chorak final yoʻllanmasi uchun Janubiy Afrika vakillari Kryuger va Villiamsga qarshi kortga tushishdi. Ikkala setda ham raqiblarini 6/2 hisobida magʻlub etgan yigitlarimiz keyingi bosqichga yoʻl olishdi.

Ayollar oʻrtasida yakkalik bahslarda qatnashayotgan talabamiz Kamola Umarova uchinchi turda yaponiyalik Sato Nahoga 1/6, 2/6 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻydi.

Eslatib oʻtamiz, ikkinchi davrasi oʻyinida X.Sultonov va S.Fayziyev juftligi tailandlik Kovaritukted hamda Kunsuvanni magʻlubiyatga uchratgan edi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.07.2019 | 18:54
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169