Universiada-2019: Abdulla Azimov ot ustida mashq bajarish bahsida toʻrtinchi boʻldi

Italiyaning Neapol shahrida yozgi Universiada oʻyinlari davom etmoqda. Sport gimnastikasining ot ustida mashq bajarish yoʻnalishida 60 yaqin atletlar oʻrtasida oʻtkazilgan saralash bahslarida ishtirok etgan yurtdoshimiz Abdulla Azimov kuchli sakkiztalikdan joy olgan edi.

7-iyul kuni oʻtkazilgan final bahslarida ishtirok etgan Azimov 14,350 ball jamgʻarishga muvaffaq boʻldi. Ushbu bahsda uchinchi oʻrinni egallagan yaponiyalik Kazuma Kayadan 0,150 ball kam toʻplagan Abdulla bu safar toʻrtinchi oʻrin bilan cheklandi.n

Ushbu yoʻnalishda universiadaning oltin medalini Xitoy Taypeyi vakili Li Chi Kay (15,400 ball) qoʻlga kiritgan boʻlsa, kumush medalga qozogʻistonlik Nariman Kurbanov (14.700 ball) sazovor boʻldi.

Shu bilan sport gimnastika boʻyicha bahslarda qatnashgan talabalarimizning universiadadagi ishtiroki yakunlandi. Ular 8-iyul kuni yurtimizga qaytib kelishadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
21.10.2019 | 13:38
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169