Buxorodagi “Olympic Day”da 10 mingdan ziyod kishi ishtirok etdi

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tashkil etilgan kunga bag‘ishlangan “Sport haftaligi” tadbirlari Buxoro viloyatida ham davom etmoqda.

Bugun erta tongdan Buxoro shahrida mazkur sana munosabati bilan “Аvtotransportlarsiz harakatlanish kuni” doirasida “Tokio sari yo‘l” shiori ostida ommaviy yurish marafoni bo‘lib o‘tdi.

Аholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan mazkur marafon “Sitora” bolalar bog‘i oldidan “Аrk” qo‘rg‘onigacha davom etdi. Unda 10 ming nafardan ortiq sportchi yoshlar, havaskorlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Marafon so‘ngida qatnashchilar uchun badantarbiya mashg‘ulotlari ham tashkil etildi.

 

Bugun kechki paytda ko‘hna va boqiy Buxoro majmuasidagi muhtasham amfiteatrda “Olimpiya kuni”ga bag‘ishlangan gala-kontsert ham bo‘lib o‘tadi.

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
12.11.2019 | 21:44
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169