Qashqadaryoda “Xalqaro olimpiya kuni”ga bagʻishlab oʻtkazilgan tadbirlar davom etmoqda

4-iyul kuni Qashqadaryo viloyat hokimligi viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi bilan hamkorlikda Olimpiya harakatini rivojlantirish, Olimpiya turlarini keng targʻib qilish, yoshlarni Olimpiya sport turlariga jalb etish, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida “Xalqaro olimpiya kuni”ga bagʻishlab “Xalq sayli” umummilliy sport musobaqalariga start berildi.

“Xalqaro olimpiya kuni”ga bagʻishlab oʻtkazilgan “Xalq sayli” umummilliy sport musobaqalarining ochilish marosimi musiqa sadolari ostida tadbir ishtirokchilarning ertalabki badantarbiya mashgʻulotlarini bajarish bilan boshlandi.

Shundan soʻng ishtirokchilar tomonidan olimpiya xalqalarini aks etuvchi oʻziga xos fleshmob tashkil etildi. Ochilish marosimi ommaviy yurish marafoniga ulanib ketdi.

Oʻtkazilgan mazkur tadbirlarda 10000 nafarga yaqin aholi vakillari, havaskor sportchilar ishtirok etdi.

“Xalqaro Olimpiya kuni” munosabati bilan viloyatning barcha tuman, shaharlarida “Sitius, Altius, Fortius”, “Olimpiya sari yoʻl” shiorlari ostida turli sport musobaqalari, festivallar oʻtkazilmoqda.

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
21.10.2019 | 15:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169