Oʻzbekiston Butunjahon yozgi universiada oʻyinlarida ishtirok etadi



Joriy yilning 3-14-iyul kunlari Italiyaning Neapol shahrida talaba yoshlar oʻrtasida “XXX Butunjahon yozgi universiada oʻyinlari” boʻlib oʻtadi. Ushbu nufuzli sport anjumanida Oʻzbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etadi.

Kichik Olimpiada, deya taʼriflanadigan Butunjahon talabalar sport oʻyinlari yoki soddaroq qilib aytganda Universiada mana 50 yildirki, ahamiyati jihatidan jahon sport arenasida ikkinchi xalqaro kompleks tadbir hisoblanadi.

Universiada – Xalqaro talabalar sporti federatsiyasi (FISU) shafeligida talabalar oʻrtasida, Olimpiya sikldan farqli ravishda har ikki yilda bir marotaba oʻtkaziladi. Bahslarda 18 yoshdan 26 yoshgacha (25 yoshdan oshmagan) boʻlgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.

Bu galgi Universiadada 120 ga yaqin davlatdan 9000 nafarga yaqin talaba sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.

Yozgi universiada dasturidan jami 18 ta sport turi boʻyicha musobaqalar oʻrin olgan boʻlib, 42 nafar oʻzbekistonlik talabalar yengil atletika, dzyudo, taekvondo WTF, badiiy gimnastika, tennis, sport gimnastikasi, oʻq otish hamda kamondan otish boʻyicha medallar uchun bahs olib borishadi.

 

Oʻzbekistonlik sportchilar ishtirok etayotgan sport turlari taqvimi bilan tanishing:

3-7-iyul Sport gimnastikasi;

4-7-iyul Dzyudo;

4-9-iyul Oʻq otish;

5-13-iyul Tennis;

6-10-iyul Kamondan otish;

7-13-iyul Taekvondo WTF;

8-13-iyul Yengil atletika;

11-13-iyul Badiiy gimnastika;





Musobaqada terma jamoalarimiz quyi tarkibda ishtirok etishadi:


Sport gimnastikasi

Rasuljon Abdurahimov

Xusniddin Abdusamatov

Abdulla Azimov

Murabbiy: Rustam Irgashev


Dzyudo

Davlat Bobonov -90 kg

Sardor Nurillayev -66 kg

Hikmatillo Toʻrayev -73 kg

Suxrob Tursunov -81 kg

Muhammadkarim Xurramov -100 kg

Diyora Keldiyorova -52 kg

Xojinsa Kamoldinova -63 kg

Amina Mamedova -57 kg

Gulnoza Matniyazova -70 kg

Nodira Yuldasheva -78 kg

Murabbiy: Abdukarim Tangriyev

Oʻq otish

Saidxon Sayfuddinov

Vladimir Svechnikov

Vadim Skorovarov

Murabbiy: Alyona Aksyonova

 

Tennis

Humoyun Sultonov

Sanjar Fayziyev

Laylo Bahodirova

Kamola Umarova

Murabbiy: Shuhrat Qayumov

 

Kamondan otish

Javlonbek Abdubakirov

Yunus Sarmambetov

Gulnoza Maxamajonova

Gulmiraxon Oʻrinboyeva

Murabbiy: Janna Ziganshina

 

Taekvondo WTF

Suxrob Bobobekov -58 kg

Niyaz Poʻlatov -67 kg

Shuxrat Salayev -80 kg

Shahboz Tusmatov -68 kg

Shahboz Shofayziyev -74 kg

Charos Qayumova -53 kg

Zariya Qosimova -62 kg

Dinoraxon Mamadibragimova -57 kg

Nigora Tursunqulova -67 kg

Mavlon Rustamov (koʻrgazmali)

Murabbiy: Fahritdin Umarov

 

Yengil atletika

Shohrux Baratov

Shoxrux Davlatov

Vladislav Palyunin

Sanobar Erkinova

Aleksandra Yurkevskaya

Nurxon Muhiddinova

Dmitriy Melsitov

Murabbiy: Alim Axmejanov

 

Badiiy gimnastika

Rahmatova Dildora

Murabbiy: Rogovaya Tatyana


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
25.05.2020 | 18:57
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169