Poytaxt maktablari oʻrtasida oʻtkazilgan “Maktablar ligasi” musobaqasining gʻoliblari taqdirlandi

Joriy yil boshida poytaxt yoshlarini sportga yanada kengroq jalb qilish maqsadida yangi loyiha amalga oshirilishi haqida xabar bergan edik.

Unga koʻra, 2019-yildan boshlab Toshkent shahridagi korxona va tashkilotlarning ishchi xodimlari oʻrtasida “Poytaxt ligasi”, maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchi oʻrtasida “Kichkintoylar ligasi”, umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Maktablar ligasi” va oʻrta maxsus kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari oʻrtasida “Yoshlar ligasi” sport oʻyinlarini oʻtkazish yoʻlga qoʻyildi.

Xususan, umumtaʼlim maktablarining yuqori sinf oʻquvchilari oʻrtasida sportning basketbol, voleybol, gandbol va mini-futbol turlari boʻyicha oʻtkazilgan “Maktablar ligasi” sport musobaqalarining birinchi bosqichida 296 ta umumtaʼlim maktabidan jami 35 520 nafar oʻgʻil-qizlar qamrab olindi.

Joriy yilning yanvar oyidan start olgan mazkur sport musobaqa toʻrt bosqichda, yaʼni maktab, sektor, tuman va shahar miqyosida tashkil etildi.

Umumtaʼlim maktablaridan saralab olingan maktab jamoalari joriy yilning 10-15-iyun kunlari Uchtepa va Olmazor tumanlaridagi sport inshootlarida boʻlib oʻtgan Toshkent shahar bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Bugun, 16-iyun kuni Olmazor tumanidagi 2-sonli bolalar-oʻsmirlar sport maktabida “Maktablar ligasi” sport musobaqalarida munosib ishtirok etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan jamoalarni tantanali taqdirlash tadbiri oʻtkazildi.

Taniqli sanʼatkorlar tomonidan kuylangan qoʻshiqlar, yosh sportchilar tomonidan namoyish etilgan koʻrgazmali chiqishlar tadbirga koʻtarinki ruh bagʻishladi.

Taqdirlash marosimida soʻzga chiqqan Toshkent shahar Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi Anvar Mursakulov yoshlarni gʻalaba bilan qutlar ekan, mazkur musobaqalar Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan 5 ta muhim tashabbus doirasida oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida sportning aynan basketbol, voleybol, gandbol va mini-futbol kabi ommaviy turlarini yanada rivojlantirish, ayniqsa, yoshlarni jamoaviy oʻyinlarga boʻlgan qiziqishlarini oshirishga, shu bilan birga, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish maqsadida tashkil etilganligini taʼkidlab oʻtdi.

“Maktablar ligasi” sport musobaqalarida gʻolib va sovrindor boʻlgan maktablar bilan tanishing:

Oʻgʻil bolalar

Gandbol boʻyicha

1-oʻrin: 86-maktab (Yunusobod tumani);

2-oʻrin: 209-maktab (Mirzo Ulugʻbek tumani);

3-oʻrin: 29-maktab (Olmazor tumani).

 

Voleybol boʻyicha

1-oʻrin: 107-maktab (Uchtepa tumani);

2-oʻrin: 90-maktab (Chilonzor tumani);

3-oʻrin: 226-maktab (Yashnobod tumani).

Basketbol boʻyicha

1-oʻrin: 208-maktab (Mirzo Ulugʻbek tumani);

2-oʻrin: 168-maktab (Chilonzor tumani);

3-oʻrin: 284-maktab (Sergeli tumani).

Mini futbol boʻyicha

1-oʻrin: 162-maktab (Chilonzor tumani);

2-oʻrin: 9-maktab (Yunusobod tumani);

3-oʻrin: 8-maktab (Sergeli tumani) .

Qizlar

Gandbol boʻyicha

1-oʻrin: 271-maktab (Yunusobod tumani);

2-oʻrin: 255-maktab (Yashnobod tumani);

3-oʻrin: 236-maktab (Uchtepa tumani).

 

Voleybol boʻyicha

1-oʻrin: 90-maktab (Chilonzor tumani) ;

2-oʻrin: 294-maktab (Mirobod tumani) ;

3-oʻrin: 9-maktab (Yunusobod tumani).

Basketbol boʻyicha

1-oʻrin: 168-maktab (Chilonzor tumani);

2-oʻrin: 86-maktab (Yunusobod tumani);

3-oʻrin: 59-maktab (Shayhontohur tumani).

 

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
07.12.2019 | 15:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169