Xokkey boʻyicha oʻzbekistonlik ilk trener-oʻqituvchilar tayyorlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018-yildagi Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida mamlakatimizda qishki sport turlarini rivojlantirish masalasiga ham alohida eʼtibor qaratdiki, bu mazkur yoʻnalish taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdi.

Xususan, joriy yil mart oyida poytaxtimizda muhtasham koʻp tarmoqli “Humo Arena” muz saroyi foydalanishga topshirildi, bir qator viloyatlarda ham muzey saroylarini qurish rejalashtirilmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan mazkur inshootlardan samarali foydalanish, yoshlarimizni qishki sport turlari munosib shugʻullantirish uchun ilgʻor xorijiy oliy muassasalari bilan hamkorlikda malakali trenerlar tayyorlash ishlari boshlab yuborilgan edi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan mazkur inshootlardan samarali foydalanish, yoshlarimizni qishki sport turlari munosib shugʻullantirish uchun ilgʻor xorijiy oliy muassasalari bilan hamkorlikda malakali trenerlar tayyorlash ishlari boshlab yuborilgan edi.

Jumladan, oʻtgan yilning oktyabr oyida Rossiyaning P.F.Lesgaft nomidagi Sankt-Peterburg milliy davlat jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universiteti rahbariyati bilan bir necha marotaba muzokaralar oʻtkazilib, hamkorlikda trenerlar tayyorlash boʻyicha kelishuvga erishilgan edi.

Ikki tomonlama hamkorlik shartnomasiga asosan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti oʻqituvchilari Davletmurodov Sulton va Karimov Abduxamid P.F.Lesgaft nomidagi Sankt-Peterburg milliy davlat jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universitetiga oʻqishga yuborildi.

Universitetning Trenerlar tayyorlash oliy maktabi dasturiga asosan “Yuqori malakali xokkeychilarni tayyorlash nazariyasi va metodikasi” professional qayta tayyorlov kursini muvaffaqiyatli tugallagan yurtdoshlarimizga xokkey boʻyicha trener-oʻqituvchi diplomi topshirildi. Ushbu mutaxassislar Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ochilishi rejalashtirilgan xokkey yoʻnalishiga qabul qilinadigan talaba-yoshlarni oʻqitish metodlari, fan oʻquv dasturlari, oʻquv rejalarini ishlab chiqish boʻyicha faoliyat olib borishadi.

Eslatib oʻtamiz, Belarus davlat jismoniy tarbiya universiteti hamda Rossiya Federatsiyasining P.F.Lesgaft nomidagi Sankt-Peterburg milliy davlat jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universitetining Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tarkibida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tarkibida Oʻzbek-Belarus hamda Oʻzbek-Rus qoʻshma fakultetlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi Hukumat qarori loyihasi eʼlon qilingan edi.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
21.10.2019 | 13:38
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169