Jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash masalalariga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazildi


 


Bugun, 11-iyun kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirligida “Jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbirda Jismoniy tarbiya va sport vaziri oʻrinbosari Sh.Moʻminjonov, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha ilmiy-metodik taʼminlash, mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi rahbarlari, vazirlikning tegishli boshqarma va boʻlim boshliqlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida maʼruza qilgan vazir oʻrinbosari Sh.Moʻminjonov va boshqalar Prezidentimiz tomonidan jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun xalqaro miqyosda raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, bunda ilgʻor xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilish vazifasi qoʻyilganini taʼkidlab, mazkur topshiriqlar ijrosini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi vazifalar haqida batafsil maʼlumot berishdi.

Xususan, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Maxmudjon Boltaboyev muassasa moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, talaba yoshlar uchun zamonaviy shart-sharoit yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan taʼlim berishning ilgʻor usullarini qoʻllash yoʻlidagi hamkorlik aloqalari haqida soʻzlab berdi.

Yangi tashkil etilayotgan Rossiyaning jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti filiali Samarqand filiali hamda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus filiali sport taʼlimi muassasalari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida tashkil etilayotgani taʼkidlanib, ularning faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berildi. 

Shundan soʻng, soʻzga chiqqan Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha ilmiy-metodik taʼminlash, mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi direktori oʻrinbosari Asqar Amonov markaz va uning filiallarida sport faoliyatini yakunlagan chempion sportchilarning trenerlik bilan shugʻullanishlari uchun qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etilgani hamda sport pedagogikasi va psixologiyasi mutaxassisliklari, bolalarni suv sporti turlari oʻrgatadigan trenerlar tayyorlash boʻyicha ham maxsus oʻquv kurslari oʻquv reja va dasturlari ishlab chiqilganini maʼlum qildi.

Bundan tashqari markazda sport tibbiyoti, sport hakamligi, alpinizm, qoyani zabt etish va kamondan oʻq otish sport turlari boʻyicha qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari oʻquv reja va dasturlari ishlab chiqilayotgani aytib oʻtildi.

Yakunda matbuot anjumaniga tashrif buyurgan jurnalistlarning savollariga javob qaytarildi.

Quyida matbuot anjumani press-relizini yuklab olishingiz mumkin.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
22.09.2019 | 14:36
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169