Samarqandda qoʻl jangi boʻyicha ilk xalqaro turnir oʻtkaziladi

15-iyun kuni Samarqand shahridagi “Moʻjiza” amfiteatrida qoʻl jangining professional R-1 yoʻnalishi boʻyicha ilk marotaba xalqaro turnir boʻlib oʻtadi. Qoidaga koʻra, musobaqa ishtirokchilari jangdan oldin, 14-iyun kuni viloyat musiqali drama teatri oldidagi sahnada yuzma-yuz uchrashadi va tarozidan oʻtishadi.

Dasturdagi asosiy va reyting janglarida Rossiya, Qirgʻiziston, Tojikiston, Ozarbayjon, AQSH va Oʻzbekiston qoʻl jangi ustalari qatnashadi.

Asosiy jang gʻolibi 2000, ikkinchi oʻrinni egallagan sportchi 1000 AQSH dollariga ega boʻladi. Reyting janglari gʻoliblariga 1000, ikkinchi oʻrin sohiblariga 500 dollar ajratilgan.

Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtish joiz, kunning asosiy jangi ishtirokchilari - oʻzbekistonlik Jahongir Jumayev va rossiyalik Magomed Ibragimov avval ham, Moskvada boʻlib oʻtgan turnirning match-revansh yoʻnalishida toʻqnash kelishgan. Oʻsha jangda Jahongirning qoʻli baland kelgan edi.

Roʻyxatdan oʻtgan 12 professional sportchidan 5 nafari Oʻzbekiston vakillaridir.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.08.2019 | 12:59
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169