Buxoroda Prezident sovrini uchun oʻtkazilayotgan xalqaro kurash turnirining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Buxoro viloyati markazidagi “Buxoro” sport majmuasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun hazrat Bahouddin Naqshband xotirasiga bagʻishlangan I xalqaro turnirining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi ijroqoʻm aʼzosi va texnik direktori Reza Nassiri, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi raisining oʻrinbosari, oʻzbek kurashining asoschilaridan biri Komil Yusupov, jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Oybek Qosimov , Buxoro viloyati hokimi Oʻktam Barnoyev, sportchi va murabbiylar, ommaviy axborot vositalari xodimlari va boshqalar ishtirok etishdi.

Ochilish marosimida soʻzga chiqqan jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Oybek Qosimov turnir ishtirokchilarini qutlar ekan, shunday dedi:

“Muhtaram Prezidentimiz tomonidan xalqimizning koʻp yillik qadriyatlaridan biri boʻlgan oʻzbek kurashini rivojlantirish, uning jahon miqyosidagi nufuzini oshirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Ilk marotaba oʻtkazilayotgan ushbu turnir ham milliy kurashimiz dovrugʻini dunyoga yanada keng yoyishiga umid qilib qolamiz”- dedi u.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Buxoro viloyat hokimligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Kurash federatsiyasi, Xalqaro kurash assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoq hamkorligida oʻtkazilayotgan turnirga Afgʻoniston, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Gollandiya, Portugaliya, Gonkong, Hindiston, Eron kabi 20 ga yaqin mamlakatlarning eng kuchli polvonlari tashrif buyurishdi.

Bugun, 9-iyun kuni start oladigan bellashuvlarda erkaklar 60, 66, 73, 81, 90, 100 kg.gacha va 100 kgdan yuqori vazn toifalarida, ayollar 52, 63 va 78 kg vazn toifalarida gʻoliblik uchun gilamga tushadi.

Eslatib oʻtamiz, musobaqada oʻz vazn toifalarida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan polvonlar 3000 AQSH dollari, 2 oʻrin sohiblari 2000 AQSH dollari hamda 3-oʻringa sazovor boʻlgan polvonlar esa 1000 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotlari bilan ham taqdirlanadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
21.08.2019 | 20:55
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169