Xivada Pahlavon Mahmud nomidagi I Xalqaro bahodirlar oʻyiniga start berildi

Bugun, 8-iyun kuni Ichan-qalʼada Pahlavon Mahmud nomidagi Birinchi Xalqaro bahodirlar oʻyinining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Xorazm viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi “Baxodirlar oʻyini” Federatsiyasi hamda “World strongmen” hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbir, yengilmas bahodir va maʼrifatparvar xorazmlik shoir, faylasuf va soʻfiy Pahlavon Mahmud xotirasiga bagʻishlab ilk marotaba oʻtkazilmoqda.

Turnirda ishtirok etish uchun Eron, AQSH, XXR, Braziliya, Hindiston, Yaponiya, Rossiya, Ukraina, Latviya, Avstraliya, Gretsiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari sportchilari Xivaga yetib kelishdi.

Xorijlik mashxur atletlar qatorida Oʻzbekistonlik sportchilar ham oʻz kuchini namoyish etmoqda.

Dastlab xalqaro turnirning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi, soʻngra musobaqalarga start berildi.

 

Ikki kunlik turnir davomida sportchilar milliy naqshli ustunlarni koʻtarish va ushlab turish, ogʻir toshlarni ustunlarga oʻrnatish, mevalar bilan toʻldirilgan aravani koʻtarish, poyezd lokomotivini 20 metrga tortish va boshqa musobaqalarda asosiy sovrin uchun kuch sinashadi.

Jumladan birinchi shartda ogʻir yuk ortilgan ot aravani belgilangan masofaga olib borish, yani mazkur shartda ishtirokchilar qum bilan toʻldirilgan 2 ta 200 kg lik qoplarni, ot aravaga yuklagan holda 25 metrlik masofaga harakatlanish boʻyicha bahslashadi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.08.2019 | 12:59
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169