Qozogʻistonda MDH mamlakatlari jismoniy tarbiya va sport boʻyicha bitim qatnashchilari yigʻilishi boʻlib oʻtdi

5-6-iyun kunlari Qozogʻistonning Shuchinsk shahrida MDH davlatlari Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim qatnashchilarining jismoniy tarbiya va sport boʻyicha kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Tadbirga Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi mamlakatlarida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi vakolatli organlar rahbarlari tashrif buyurishdi.

Yigʻilishda mamlakatimiz vakillari sifatida jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Oybek Qosimov va vazirlikning Milliy terma jamoalarni saralash (seleksiya), shakllantirish va tayyorlash boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Jamshidbek Xasanov ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar oʻz mamlakatlarida jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat siyosatini amalga oshirish boʻyicha toʻplangan tajribalar bilan oʻrtoqlashishdi. Shuningdek, sport sohasiga axborot texnologiyalarni joriy etishdagi ilgʻor tajribalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari 2020-yilgacha Mustaqil davlatlar hamdoʻstligiga aʼzo mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar hamda 2020-yilgacha MDHdagi milliy sport turlarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish dasturlari muhokama qilindi.

Tadbirda shuningdek, 2021-2030-yillarda Mustaqil davlatlar hamdoʻstligiga aʼzo mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish strategiyasi loyihasi koʻrib chiqildi va MDH mamlakatlari oʻyinlari nizomi loyihasi boʻyicha kelishib olindi.

Yigʻilishda kengash aʼzolari bir ovozdan Qozogʻiston madaniyat va sport vazirligining Jismoniy tarbiya va sport ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Serik Sapiyevni 2019-2020-yillarga MDH mamlakatlari jismoniy tarbiya va sport boʻyicha kengashi raisi etib saylashdi.

Eslatib oʻtamiz, MDH mamlakatlari jismoniy tarbiya va sport boʻyicha kengashi har yili oʻtkaziladi. Oʻtgan yili Armanistonda boʻlib oʻtgan tadbir, kelgusi yili MDH oʻyinlari doirasida Tatariston poytaxtida oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.10.2019 | 16:23
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169