“Jismoniy tarbiya va sport” yagona axborot tizimi yaratiladi

Joriy yilning 3-iyun kuni Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy tarbiya va sport” yagona axborot tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” 454-sonli qarori qabul qilindi.

Qarorga asosan sportchilar, trenerlar, jismoniy tarbiya oʻqituvchilari (yoʻriqchilari) haqidagi maʼlumotlar, taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari va talabalarning sport fanlari boʻyicha sinov imtihonlarining tizimlashtirilgan natijalari, shuningdek, respublikadagi jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan “Jismoniy tarbiya va sport” yagona axborot tizimi yaratiladi.

Yagona tizim idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim, kasb-hunar taʼlimi, oliy taʼlim tashkilotlarida, shuningdek, maktabdan tashqari sport taʼlimi tashkilotlarida joriy etiladi.

Mazkur Yagona tizimning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

sportchilar, trenerlar, taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya oʻqituvchilari (yoʻriqchilari), shuningdek, respublikadagi jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari haqidagi maʼlumotlarning tizimli monitoringini olib borish, bunday maʼlumotlar bilan almashish va ularning tahlil qilinishini taʼminlash;

taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari va talabalarining sport fanlari boʻyicha sinov imtihonlarini topshirish natijalarini tahlil qilish;

sportchilar, trenerlar va respublikadagi jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish hamda sport inshootlarini roʻyxatga olish va faoliyatini hisobga olish.

Yagona tizim 2019-yil 1-sentyabrgacha ishga tushiriladi.

Yagona axborot tizimining yuritilishi, ushbu tizimga maʼlumotlar muntazam kiritilishi va ularning dolzarbligi taʼminlanishi monitoringini amalga oshiradigan davlat organi etib Jismoniy tarbiya va sport vazirligi belgilandi.

Sertifikatlashtirish va kompyuterlashtirish markazi esa Yagona tizimni ishlab chiquvchi va operator hisoblanadi.

Maʼlumotlar www.sport.uz yagona axborot portalida, shuningdek, Ochiq maʼlumotlar portalida joylashtirib boriladi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.10.2019 | 16:23
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169