Taekvondo boʻyicha “Olimpiya choʻqqilari” gʻoliblari aniqlandi

30-31-may kunlari Buxoro shahridagi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida taekvondo WTF boʻyicha “Olimpiya choʻqqilari” Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi.

Chempionatda mamlakatimizdagi 15 ta ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida taʼlim olayotgan 124 nafar tayekvondo ustalari 10 ta -45 kg, -48 kg, -51 kg, -55 kg, -59 kg, -63 kg, -68 kg, -73 kg, -78 kg, +78 kg) vazn toifalarida bahslarga kirishdi.

Ushbu musobaqada birinchi oʻrinni 119 ball yigʻgan mezbon oʻquvchilar qoʻlga kiritgan boʻlsa, ikkinchi oʻrinni bir xil natija (107 ball) qayd etgan RIOZMI hamda Fargʻona IOZMI tarbiyalanuvchilari egallashdi. Uchinchi oʻrin esa Jizzax IOZMI (104 ball) jamoasiga nasib etdi.

Musobaqada gʻolib boʻlgan yoshlar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan medal, diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilda 8 ta sport turi boʻyicha oʻtkazilishi rejalashtirilgan “Olimpiya choʻqqilari” Oʻzbekiston chempionatlari maktab-internatlarda sport zaxirasi va malakali sportchilarni tayyorlash tizimini doimiy ravishda muvofiqlashtirib borish, Olimpiya oʻyinlariga munosib ishtirok etadigan iqtidorli sportchilarni tanlab olish hamda Oʻzbekiston yoshlar terma jamoalari uchun zaxira tayyorlash maqsadida tashkil etildi.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.07.2019 | 18:54
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169