Namanganda trenerlar uchun seminar va oʻquv-trening mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda

28-31-may kunlari Namangan viloyatining Namangan shahri, Toʻraqoʻrgʻon, Chortoq va Kosonsoy tumanlarida viloyatdagi sport taʼlimi muassasalari trenerlari uchun seminar va oʻquv-trening mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-fevral – 1-mart kunlari Namangan viloyatiga qilgan tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilayotgan tadbirlarda Namangan viloyatida jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati, olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari, sport turlari boʻyicha bolalar-oʻsmirlari sport maktablari va bolalar-oʻsmirlar sport maktablari trenerlari ishtiroki etishmoqda.

Namangan shahridagi viloyat aholi dam olish markazi majlislar zalida tashkil etilgan seminarning birinchi kunida viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi Shokirjon Qoraboyev va Namangan shahar hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov soʻzga chiqib, tadbirning maqsad va vazifalari haqida maʼlumot berishdi.

Shundan so`ng Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi direktori Ilhomjon Tursunaliyev maʼruza qilib, ishtirokchilarga sport sohasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va ular bilan ishlash tartibi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berdi.

Tadbirda shuningdek, Tokio 2020 Olimpiadasiga sportchilarni munosib tayyorlash, sportchilarni saralash (seleksiya), ularni psixologik tayyorlash, ommaviy sportni rivojlantirishda trenerlarning roli hamda sport tadbirlarini tashkil qilish mavzularida maʼruzalar tinglandi.

Seminar va oʻquv-trening mashgʻulotlari Toʻraqoʻrgʻon, Chortoq va Kosonsoy tumanlarida davom etadi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
21.10.2019 | 15:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169