Andijonda Olimpiada chempioni Muhammadqodir Abdullayev boks maktabi tashkil etildi


Xabaringiz bor, joriy yilning 19-mart va 3-aprel kunlari Prezidentimiz raisligida yoshlar taʼlim-tarbiyasi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan 5 ta tashabbusni amaliyotga joriy etish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazilib, vazifalar belgilab berilgan edi.

Xususan, davlatimiz rahbari tomonidan hududlarda mashhur sportchilar maktablarini tashkil etish orqali yoshlarni ommaviy sportga jalb etish boʻyicha koʻrsatmalar berilgan edi.

Shunday muassasalardan biri sifati Andijon viloyati Boʻz tumanidagi 6-umumtaʼlim maktabida 2000-yilgi Olimpiya oʻyinlari chempioni, jahon chempioni, ikki karra Osiyo chempioni Muhammadqodir Abdullayev boks maktabi tashkil etildi.
 

Boks maktabi yoshlarning boks bilan shugʻullanishlari uchun barcha zarur jihozlar bilan taʼminlandi. Yoshlarga ushbu sport turi sir-asrorlarini oʻrgatish uchun malakali mutaxassislar jalb qilindi.

15-may kuni oʻtkazilgan muassasaning ochilish marosimida Olimpiya oʻyinlari va jahon chempioni Muhammadqodir Abdullayev, boks boʻyicha jahon chempioni va Olimpiya oʻyinlari sovrindori Oʻtkirbek Haydarov, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyat hokimligi mutasaddilari, oʻquvchi-yoshlar va boshqalar ishtirok etishdi.

Ochilish marosimida soʻzga chiqqan Muhammadqodir Abdullayev yurtimizda sportga qaratilayotgan eʼtibor kundan-kunga kuchayib va yoshlarimiz shugʻullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratilayotganini taʼkidlar ekan ushbu muassasa ham tuman yoshlarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish hamda boʻlgʻusi chempionlarni tayyorlash niyatida tashkil etilganligini maʼlum qildi.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
10.07.2020 | 16:43
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169