Taekvondochilarimiz jahon chempionatini gʻalaba bilan boshlashdi



Bugun, 15-may kuni Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida taekvondo boʻyicha jahon chempionati bahslari boshlanadi.

150 dan ortiq davlatdan 1000 nafarga yaqin sportchi ishtirok etayotgan jahon birinchiligida 12 nafar taekvondochimiz Oʻzbekiston sharafini himoya qilishmoqda.

Dastlabki kun dasturi asosan erkaklar oʻrtasida -58 kg, ayollar oʻrtasida -46 va -73 kg vazn toifalarida bellashuvlar oʻtkazilmoqda.

Jamoamiz aʼzolaridan birinchi boʻlib, -58 kg vazn toifasidagi Suhrob Bobobekov bahs kirishdi. Birinchi uchrashuvda estoniyalik Aleksandr Galaktionovga qarshi kechgan jangda yurtdoshimiz 24:5 hisobida gʻalaba qozondi.

Quyida eʼtiboringizga oʻzbekistonlik sportchilarning jang oʻtkazadigan kunlari haqida maʼlumotni havola etmoqdamiz:


16-may: Valentin Xegay (-54 kg) va Svetlana Osipova (+73 kg)
17-may: Madinabonu Mannopova (-49 kg), Zariya Qosimova (-57 kg) va Nikita Rafalovich (-74 kg)
18-may: Charos Qayumova (-53 kg), Nigora Tursunqulova (-67 kg) va Shuhrat Salayev (-80 kg)

19-may: Feruza Sodiqova (-62 kg), Maksim Rafalovich (-87 kg) va Dmitriy Shokin (+87 kg)

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.07.2019 | 18:54
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169