Paralimpiyachilarimiz Boku Gran-prisida 8 ta medalni qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashdi



Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida oʻtkazilayotgan paralimpiya dzyudosi boʻyicha Gran-pri turnirining birinchi kunida vakillarimiz 2 ta oltin va 3 ta bronza medalini qoʻlga kiritishgani haqida xabar bergan edik.

Mazkur musobaqa Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlari reyting ochkolarini taqdim etishi bilan ham ahamiyatlidir.

Bugun, 14-may kuni 90 kg, -100 kg, +100 kg, -63 kg -70 kg vazn toifasidagi dzyudochilar tatamiga chiqishdi. Gran-pri musobaqasining soʻngi kunidaparadzyudochilarimiz yana 3 ta (2 ta oltin va 1 ta bronza) medalni qoʻlga kiritishdi.

Navbatdagi oltinni jamoamizda +100 kg vazndagi Shirin Sharipova taqdim etdi.Dastlab Jazoir va Ozarbayjon vakillaridan ustun kelgan yutdoshimiz finalda eronlik Xerollazadeni magʻlub etib, birinchi oʻrinni egalladi.

Toʻrtinchi oltinni esa Nafisa Sheripboyeva (-63 kg) qoʻlga kiritdi.

Dastlabki uchrashuvlarda xitoylik va shvetsiyalik dzyudochilarni dogʻda qoldirgan Nafisa finalda Rossiya vakilasi Olga Pozdnishevni magʻlub eta oldi.

Yana bir yurtdoshimiz -63 kg vazn toifasidagi Vasila Aliboyeva uchinchi oʻrinni egalladi. U bronza uchun kechgan bahslarda Ozarbayjonlik Zulfiya Xusenovani magʻlub etdi.

Shunday qilib, oʻzbekistonlik sportchilar ushbu musobaqada 4 ta oltin va 4 ta bronza medalni qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashdi. Keyingi oʻrinlarni esa Ozarbayjon(3 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza) va Ukraina (1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza) davlatlari jamoalari egallashdi.


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.10.2019 | 11:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169