Karatechilarimiz Istanbulda oʻtkaziladigan A seriya turkumiga kiruvchi xalqaro musobaqada ishtirok etishadi



17-19-may kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida karatening WKF yoʻnalishi boʻyicha A seriya turkumiga kiruvchi nufuzli musobaqa boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etadigan mazkur yirik turnirda dunyoning 101 davlatidan 1800 nafardan ortiq kuchli karatechilar medallar bilan birga Tokio olimpiadasi reyting ochkolari uchun ham bahs olib borishadi.

Ushbu nufuzli musobaqada terma jamoamiz quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

Erkaklar:

-60 kg: Sadriddin Saymatov

-67 kg: Sanjar Abdukarimov

-67 kg: Iqboljon Uzoqov

-75 kg: Dostonbek Otabolayev

Ayollar:

-50 kg: Bahriniso Boboyeva

-61kg: Barno Mirzayeva

Murabbiy: Oʻktam Bekpoʻlatov, Dilnoza Bakirova

Maʼlumot uchun: Ahamiyati boʻyicha Premyer-Liga musobaqalaridan keyin ikkinchi oʻrinda turuvchi A seriya turkumiga kiruvchi xalqaro musobaqa joriy yil 4 bosqichda oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Ikkinchisi Istanbulda uyushtirilayotgan ushbu nufuzli musobaqaning dastlabkisiga Zalsburg (Avstriya) mezbonlik qilgan. Keyingi bosqichlar Monreal (Kanada, 21-23 iyun) va Santyago (Chili, 20-22 sentyabr) shaharlarida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
25.05.2019 | 17:53
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169