Paralimpiyachilarimiz Boku Gran-prisining birinchi kunida 2 ta oltin va 3 ta bronza medalni qoʻlga kiritishdi



Ayni kunlarda Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida paralimpiya dzyudosi boʻyicha Gran-pri turniri oʻtkazilmoqda. Unda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etmoqda.

Mazkur musobaqa Tokio 2020 Paralimpiya oʻyinlari reyting ochkolarini taqdim etishi bilan ham ahamiyatlidir.

Bugun, musobaqaning birinchi kunida sportchilarimiz uchun sermahsul oʻtib, 2 ta oltin va 3 ta bronza medalni qoʻlga kiritishdi.

Dastlabki oltin medalni jamoamizga -73 kg vazn toifasida bahsga kirishgan Feruz Sayidov olib keldi. Birinchi uchrashuvda braziliyalik Pimentelya Luanni ippon, yaʼni sof gʻalaba evaziga magʻlub etgan vakilimiz navbatdagi bahsda qozogʻistonlik Dalet Temirjandan ustun keldi. Yarim finalda Ozarbayjon vakiliga munosib qarshilik koʻrsata olgan yurtdoshimiz finalga yoʻl oldi. Hal qiluvchi bellashuvda esa ukrainalik Rufat Maxomedovni magʻlub eta olgan Sayidov birinchi oʻrinni egalladi.

Navbatdagi oltin medalni 81 kg vazndagi dzyudochimiz Davurxon Karamatov qoʻlga kiritdi. Birinchi uchrashuvda amerikalik Ostergarda Natanadan ustun kelgan yurtdoshimiz, ikkinchi raqibi rossiyalik Ruslan Albagachiyevni ippon, yaʼni sof gʻalaba evaziga magʻlub etdi. Chorak finalda Braziliya vakili Pereyruni va yarim final meksikalik Avila Sanchesni magʻlub eta olgan Davurxon finalda mezbon vakili Raximli Xuseynni ham dogʻda qoldirib, birinchi oʻrinni egalladi.

 

Bronza medallarini esa qizlarimiz qoʻlga kiritishdi. Lobar Xurramova (-48 kg) uchinchi oʻrin uchun bahsda turkiyalik Tasin Yesemdan ustun keldi. Sevinch Salayeva (-52 kg) germaniyalik Ramona Russigni magʻlub eti bronza medali sohibasiga aylandi. Uchinchi bronzani -57kg vazn toifasida ishtirok etgan Parvina Samandarova qoʻlga kiritdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
17.08.2019 | 15:55
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169