Jizzaxda sport malikalari bahslashishdi

Maʼlumki, Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish maqsadida belgilangan 5 ta tashabbusning ikkinchisi yoshlarni jismoniy chiniqishi va sport sohasida oʻz qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berishdan iborat. Mazkur tashabbusni keng miqyosda amalga oshirish uchun 2019 yil may oyi mamlakatimizda “Sport oyligi” deb eʼlon qilindi. Shu munosabat bilan hamda 9 may “Xotira va qadrlash kuni”ga bagʻishlab Jizzax viloyati Gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabida Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi sovrini uchun “Badiiy gimnastika” boʻyicha viloyat birinchiligi oʻtkazildi.

Musobaqada Jizzax ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari sport maktabi, shuningdek, Arnasoy, Sh.Rashidov va Paxtakor tumanlaridan 2003 yilda tugʻilgan hamda undan kichik yoshdagi 90 nafardan ziyod sport malikalari ishtirok etdilar.

Bahslar “Yakka tartib dasturi asosida” 4 tur, “Jamoaviy dastur asosida” 2 turda oʻtkazildi.

Yakuniy natijalarga koʻra, jamoaviy dastur boʻyicha viloyat Gimnastikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi 1-oʻrinni

Paxtakor tumani 2-oʻrinni, Sh.Rashidov tumani jamoasi 3-oʻrinni egalladi.

Gʻolib sportchi va jamoalar viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan taʼsisi etilgan diplom va medallar bilan taqdirlandilar.

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
12.11.2019 | 21:44
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169